Markaziy bank kreditlar bo‘yicha jarima va penyalar amaliyotini tanqid qildi

Xususan, kechiktirilgan to‘lovlar uchun penya 150–180% gacha yetib, banklar uchun daromad manbaiga aylanmoqda

Markaziy bank kreditlar bo‘yicha jarima va penyalar amaliyotini tanqid qildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarida kredit va mikrokredit shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar kechiktirilganda qo‘llanilayotgan jarima va sanksiyalar amaliyotini o‘rganib chiqdi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ayrim hollarda banklar tomonidan undirilayotgan qo‘shimcha to‘lovlar iqtisodiy jihatdan asoslanmagani aniqlandi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, ayrim kredit shartnomalarida kechiktirilgan to‘lovlar uchun hisoblanadigan foizlar kredit bo‘yicha belgilangan yillik stavkadan 1,5–3 barobar, ayrim holatlarda esa 150–180% gacha yetmoqda. Bu holatda sanksiyalar real xarajatlarni qoplashdan ko‘ra, banklar uchun daromad manbaiga aylanib qolayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, kredit bo‘yicha foizlar o‘z vaqtida to‘lanmaganda, kunlik penya yuqori chegarasiz hisoblanib, uning yillik miqdori kreditning dastlabki summasidan bir necha baravar oshib ketayotgan holatlar aniqlangan. Ayrim banklar esa har bir kechikish holati uchun kreditorning haqiqiy xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan bir martalik jarimalar ham qo‘llamoqda.

Markaziy bank bir vaqtning o‘zida foiz stavkasi, penya va bir martalik jarimalarning qo‘llanilishi qarz oluvchining moliyaviy yukini keskin oshirayotganini, bu esa majburiyatlarni bajarishni yanada qiyinlashtirayotganini ta’kidladi.

Regulyator bunday amaliyotlar kreditlash shartlarining shaffofligini buzishi, qarz oluvchining to‘lov oqibatlarini oldindan baholash imkoniyatini cheklashi hamda bank tizimiga bo‘lgan ishonchni pasaytirishini qayd etdi. Shuningdek, bu holatlar fuqarolarning murojaatlari soni oshishiga va ijtimoiy xavflarning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Markaziy bank kredit shartnomalarida majburiyatlar buzilganda qo‘llaniladigan moliyaviy javobgarlik choralarining aniq, asosli va kompensatsion xarakterga ega bo‘lishi zarurligini bildirib, bu yo‘nalishda qonunchilik talablarini qayta ko‘rib chiqish muhimligini ta’kidladi .

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi
/
O‘zbekistonda ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi
Toshkentda “Bo‘z bozor” va “Navro‘z” bozorlari rekonstruksiya qilinadi va raqamlashtiriladi
/
Toshkentda “Bo‘z bozor” va “Navro‘z” bozorlari rekonstruksiya qilinadi va raqamlashtiriladi
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 9,7 mln so‘m oshdi
/
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 9,7 mln so‘m oshdi