Markaziy bank “Humans” bilan bog‘liq holat yuzasidan izoh berdi

Ma’lumotnoma huquqiy baho berish uchun IIBBga taqdim etilgan

Markaziy bank “Humans” bilan bog‘liq holat yuzasidan izoh berdi

Markaziy bank “Humans” MChJ kompaniyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unda aytilishicha, “Humans”ga to‘lov xizmatlarini ko‘rsatgan “Octagram” AJ to‘lov tashkilotida Markaziy bank farmoyishiga asosan maxsus ishchi guruh tuzilib, tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv yakunlari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnoma belgilangan tartibda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yuborilib, holatga huquqiy baho berish va vakolat doirasida choralar ko‘rish so‘ralgan.

Hozirda “Humans” kompaniyasiga oid masala Toshkent shahar IIBB tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilmoqda. Markaziy bank fuqarolardan ushbu holat bo‘yicha zarurat tug‘ilganda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so‘ragan.

Shuningdek, Markaziy bank har bir bank va to‘lov tashkiloti moliyaviy xizmatlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlashi majburiy ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Eslatib o’tamiz, 2025-yil 9-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasiga ulangan bank kartalaridan foydalanuvchilar ruxsatisiz pullar yechib olingani haqida xabarlar tarqaldi. Oʻshanda Markaziy bank ushbu hodisa yuz berganini rasman tasdiqlab, tekshiruv ishlari boshlanganini maʼlum qilgandi.

Bir-biriga qarama-qarshi bayonotlar

Xabarlar tarqalgach, Humans holat boʻyicha izoh berib, pullar 4-8-dekabr kunlari firibgarlar tomonidan yechib olinganini bildirgan. Bunda kompaniyaning aybi yoʻqligi, balki muammo Paylov xizmatida texnik xatoga yoʻl qoʻyilgani ortidan kelib chiqqani qayd etilgan.

Texnik zaiflik Humans hamkori hisoblangan Paylov toʻlov xizmatida boʻlgan. Paylov Octogram AJga tegishli. Humans ushbu zaiflikni oʻrganish va aybdorlarni aniqlash uchun barcha texnik materiallarni tegishli nazorat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga topshirgan. Zarar koʻrgan mijozlarga pullarni qaytarish masalasi qonun talablariga muvofiq hal etiladi, deyilgan rasmiy bayonotda.

Paylov esa mazkur munosabatga qarshi javob qaytargan. Yaʼni firibgarlik operatsiyalari aynan Humans tomonidan amalga oshirilganini iddao qilgan.

Octogram AJ tomonidan har qanday texnik zaiflik mavjud emasligi, texnik jihatdan barcha zarur choralar koʻrilgani maʼlum qilinadi. Firibgarlik operatsiyalari Humans Companies AJ tomonidan Octogram AJ taqdim etgan shifrlangan kalitlar orqali amalga oshirilgan boʻlib, ushbu kalitlarning toʻgʻri va xavfsiz saqlanishi Humans Companies AJ masʼuliyati hisoblanadi. Oʻz oʻrnida taʼkidlash joizki, Octogram AJning texnik yechimlaridan foydalanayotgan boshqa barcha hamkorlar tizimlarida hech qanday salbiy holatlar kuzatilmagan, deyiladi bayonotda.​

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
/
O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
/
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi