Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Ayni vaqtda foiz stavka 13,5% ni tashkil qilmoqda

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy foiz stavkani 13,5% darajada o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda regulyator xabar berdi.

Bugun, 12-dekabr Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani belgilash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, inflyatsiya yuqori talab va inflyatsion kutishlar tufayli kutilganidan sekinroq pasaymoqda. Yil oxirida u prognoz koridorining yuqori chegarasiga etib borishi mumkin.

Noyabr oyida mahsulot narxining barqarorlashishi tufayli yillik inflyatsiya 10% gacha kamaydi. Biroq, faol iste’mol va investitsiyalar tufayli xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlari narxlarining oshishi xavfi saqlanib qolmoqda.

Noyabr oyida inflyatsiya kutilmalari aholida 13,7% va biznesda 12,7% gacha ko’tarildi. So’nggi oylarda asosiy inflyatsiya taxminan 7% ni tashkil etdi, bu yuqori talab va daromadlarning o’sishi bilan bog’liq.

Eslatib o‘tamiz, regulyator sentyabr oyida ham stavkani 13,5% da saqlab qolish bo‘yicha qaror qilgan edi. Shu yilning 25-iyulida Markaziy bank stavkani 14% dan 13,5% ga tushirgan edi.   

Shuningdek, bu yig‘ilish kuni kecha boshqaruvga tayinlangan Markaziy bank raisi Timur Ishmetov boshchiligidagi birinchisi bo‘ldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Haydovchilarga o‘zini o‘zi band qilish orqali taksichilik qilishiga qayta ruxsat beriladi
/
Haydovchilarga o‘zini o‘zi band qilish orqali taksichilik qilishiga qayta ruxsat beriladi
Toshkentga 3 ta yangi metro poyezdlari olib kelindi
/
Toshkentga 3 ta yangi metro poyezdlari olib kelindi
Markaziy bank 1ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga sanksiya qo‘lladi
/
Markaziy bank 1ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga sanksiya qo‘lladi