Markaziy bank yana 4 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi

Mamlakatda mikromoliya tashkilotlari soni 118 taga yetdi

Markaziy bank yana 4 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi

Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan 4 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritildi va hisob ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Xususan:

  • «BRIGHT FUTURE FINANCING MIKROMOLIYA TASHKILOTI» MCHJ;
  • «MUVAFFAQIYAT MIKROMOLIYA TASHKILOTI» MCHJ;
  • «URBAN FINANCE SOLUTIONS» TASHKILOTI» MCHJ;
  • «XON SAROY MOLIYA» MCHJ mikromoliya tashkiloti sifatida tan olinmoqda.

Regulyator, yanvar oyida 112 ta, mart oyida 4 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazgandi.

Kapital.uz avvalroq 2024-yil davomida mikromoliya tashkilotlari soni 100 taga yetgani haqidaxabar bergandi. Shunday qilib, mamlakatda mikromoliya tashkilotlari soni hozircha 118 tani tashkil qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilning birinchi choragida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi natijalar e’lon qilindi
/
2025-yilning birinchi choragida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi natijalar e’lon qilindi
Toshkentda Hyundai va Kia brendlaridan noqonuniy foydalanilgan
/
Toshkentda Hyundai va Kia brendlaridan noqonuniy foydalanilgan
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi
/
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi