Markaziy bank: 2025-yilda O‘zbekistonda 37 ta mikromoliya tashkiloti va bitta bank ish boshladi

Yil davomida 153 ta xizmat ko‘rsatish nuqtasi va 172 ta mikrokreditlash filiali ochildi

Markaziy bank: 2025-yilda O‘zbekistonda 37 ta mikromoliya tashkiloti va bitta bank ish boshladi

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 ta mikromoliya banki va 37 ta mikromoliya tashkiloti rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2025-yilda mamlakatda mikromoliya banklari instituti joriy etildi. Mazkur mexanizm ikki bosqichli tizimni shakllantirishga xizmat qilib, mikromoliya tashkilotlariga kelgusida an’anaviy banklarga transformatsiya qilish imkonini beradi.

Mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, 2025-yilda quyidagi subyektlar ham yuridik shaxs maqomini oldi:

  • 8 ta faktoring kompaniyasi;
  • 4 ta to‘lov tashkiloti;
  • 1 ta kredit byurosi;
  • 1 ta kafolatlar taqdim etuvchi tashkilot.

Shuningdek, 1 ta lombard faoliyatini boshladi, 12 nafar auditor bank sohasida audit o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘ldi.

Yil davomida respublika bo‘yicha 153 ta bank xizmatlari ofisi, 172 ta mikromoliya tashkiloti filiali va 78 ta lombard filiali ochildi. Markaziy bank tomonidan kredit tashkilotlari ustav kapitalidagi ulushlarni sotib olish bo‘yicha 32 ta ruxsatnoma berildi. Ulardan 19 tasi mikromoliya sektoriga, 8 tasi banklarga, 4 tasi lombardlarga va 1 tasi faktoring kompaniyasiga to‘g‘ri keladi.

Investorlar faolligini oshirish maqsadida, nobank moliya tashkilotlarida 10%dan 20%gacha ulushga egalik qilish uchun oldindan ruxsat olish talabi bekor qilindi. Endilikda bu haqda nazorat qiluvchi organni xabardor qilish kifoya.

Shuningdek, 2025-yilda banklarni sog‘lomlashtirish va tugatish tartibini belgilovchi qonun kuchga kirdi. Hujjat moliya tashkilotlari faoliyatini to‘xtatish mezonlarini aniq belgilab berdi. Bundan tashqari, qonunchilikda faqat ro‘yxatdan o‘tgan banklargina .uz domen zonasida sayt nomida “bank” so‘zidan foydalanishi mumkinligi mustahkamlandi.

Shu bilan birga, “Yevroosiyo banki”ning litsenziyasi bekor qilindi. Hozirda maxsus komissiya tomonidan bankni tugatish jarayoni olib borilmoqda. Bankning bosh tashkiloti investitsiyalarni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror litsenziya bekor qilinishidan oldin qabul qilinganini ma’lum qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Birjada propan narxi 8 kunda 15%ga oshdi
/
Birjada propan narxi 8 kunda 15%ga oshdi
O‘zbekistonda ayrim bojxona postlarida tajriba tariqasida ish tartibi o‘zgartiriladi
/
O‘zbekistonda ayrim bojxona postlarida tajriba tariqasida ish tartibi o‘zgartiriladi
O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
/
O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi