O‘zbekistonda ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi

2026-yil 1-fevraldan eski avtomototransportlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va davlat ro‘yxatidan chiqariladi

O‘zbekistonda ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Hukumatning 2026-yil 20-yanvardagi 11-son qarori bilan ushbu yo‘nalishda yangi tartiblar joriy etilmoqda.

Qarorga muvofiq, Jamoat xavfsizligi departamenti huzuridagi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimining “Ma’muriy amaliyot” moduli mas’ul vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi. Bu yo‘l harakati sohasida ma’lumotlar almashinuvi va ma’muriy jarayonlarni avtomatlashtirish imkonini beradi.

2026-yil 1-fevraldan boshlab ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Ushbu transportlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va davlat ro‘yxatidan chiqariladi.

Shuningdek, umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari, kon, shaxta va karerlarda foydalaniladigan maxsus transport vositalari, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar hamda “antikvar” avtomototransportlar uchun alohida seriyali davlat raqam belgilarini joriy etish belgilandi.

Qaror bilan avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilindi.

Bundan tashqari, avtomototransportni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida bir qator hujjatlar vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi. Jumladan, avtomototransport oldi-sotdi shartnomasi, elektron onlayn auksion bayonnomalari, davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan transport vositalariga oid elektron hisob-ma’lumotlar hamda transport vositasi mulkdori haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Mazkur chora-tadbirlar yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, texnik jihatdan eskirgan transport vositalarini muomaladan chiqarish hamda sohada raqamli boshqaruvni kengaytirishga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda bank tizimida muammoli kreditlar ulushi 3%gacha kamaydi
/
2025-yilda bank tizimida muammoli kreditlar ulushi 3%gacha kamaydi
2025-yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $81 mlrddan oshdi
/
2025-yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $81 mlrddan oshdi
Markaziy bank kreditlar bo‘yicha jarima va penyalar amaliyotini tanqid qildi
/
Markaziy bank kreditlar bo‘yicha jarima va penyalar amaliyotini tanqid qildi