Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Bu haqdagi nizom 12-fevral e'tiboran kuchga kirdi 

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga beriladi

11-fevral kuni Hukumat qarori bilan “O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlarning o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari;
  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish tartibi;
  • tadbirkorlar tomonidan maktablarda kasb-hunar to‘garaklarini tashkil etish asoslari;
  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga berishda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi va tadbirkorlarning majburiyatlari.

Kasb to‘garaklariga kasbga qiziqishi bo‘lgan 7–11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi.

2025-yildan 8-sinf o‘quvchilari uchun sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, agrotexnologiya sohalaridagi korxona va tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etiladi.

2024/2025 o‘quv yili yakunigacha maktablar bitiruvchilarini egallaydigan kasb-hunari bo‘yicha amaliy imtihondan o‘tkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi joriy etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident farmoni bilan bir nechta davlat idoralari xodimlari lavozimlari o‘zgartirildi
/
Prezident farmoni bilan bir nechta davlat idoralari xodimlari lavozimlari o‘zgartirildi
Prezident Administratsiyasida 284 ta shtat qisqartirildi
/
Prezident Administratsiyasida 284 ta shtat qisqartirildi
Markaziy bank “Citibank AS” vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
/
Markaziy bank “Citibank AS” vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi