O‘zbekistonda 1-sentabrdan maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari maoshi oshiriladi

2026-yildan esa direktorlar va uning o‘rinbosarlari uchun 20-10% miqdorida KPI belgilanadi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari maoshi oshiriladi

Prezident maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

1 sentabrdan maktab direktorlarining bazaviy tarif stavkasi 20% ga, o‘rinbosarlarining bazaviy tarif stavkasi 15% ga oshiriladi. Bog‘cha direktorlari uchun ularning stavkalarini III va IV guruh maktab direktor o‘rinbosarlari tariflariga muvofiqlashtirish hisobiga oshirish nazarda tutilgan. Buning natijasida 10 mingdan ziyod maktab direktori, 7 mingga yaqin bog‘cha direktori va 35 ming nafar maktab direktori o‘rinbosarining ish haqi ko‘payadi.

2026-yildan boshlab direktorlar uchun bazaviy stavkaning 20% ulushi, ularning o‘rinbosarlari uchun esa 10%  miqdorida har oylik ish samaradorligi uchun ustamalar (KPI) joriy etiladi.

Tuman ta’lim bo‘limlarida yangi shtat birliklari joriy etilmoqda, bu ta’lim sifati monitoringini kuchaytirish, o‘quvchilarni chet tillarini o‘rganish va kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha dasturlarni joriy etish imkonini beradi.

Ko‘p yillik ish staji uchun rag‘batlantirish tizimi joriy etilib, boshqaruv bo‘g‘inidagi 15 ming nafar xodim qamrab olinadi. Maktab xodimlarini mukofotlash miqdori avvalgi 50% o‘rniga eng kam ish haqining 75% ulushigacha oshiriladi. Bo‘sh turgan maktab binolarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 40% ulushi emas, balki 75% qismi ta’lim muassasalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

ILMA “Asterium” kompniyasiga kripto-depozitariy faoliyati uchun litsenziya berdi
/
ILMA “Asterium” kompniyasiga kripto-depozitariy faoliyati uchun litsenziya berdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
Birinchi marta ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkorlar javobgarlikdan ozod qilinadi
/
Birinchi marta ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkorlar javobgarlikdan ozod qilinadi