O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi

Hujjatlarni Oliy ta’lim vazirligi rasmiy platformasi orqali 30-iyulga qadar topshirish mumkin

O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

2025/26-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda  professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25-iyun kuni yakunlangandi. 2025/26-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng kam ko‘rsatkich.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
/
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi
/
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi