Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” brendi nomidagi shou-rum ochildi
Shou-rumga “O‘zsanoatqurilishmateriallari” assotsiatsiyasi kafel va keramogranit yetkazib beradi

Foto: Depositphotos
1-iyul kuni Boku shahrida joylashgan “Turk savdo markazi” savdo uyida “Made in Uzbekistan” brendi ostida doimiy faoliyat yuritadigan shou-rum ochildi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev hamda Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Samed Bashirli ishtirok etdi.
1,5 ming kv. metr maydonda joylashgan ushbu shou-rumda “Made in Uzbekistan” brendi ostida elektrotexnika, to‘qimachilik, charm sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari va mebel mahsulotlari namoyish etilgan.
Tadbir yakunida “Okuglu Holding” kompaniyasi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” assotsiatsiyasi o‘rtasida yil oxirigacha O‘zbekistondan Ozarbayjonga 1 mln kv. metr kafel va keramogranit yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ