2030-yilgacha madaniyat sohasini rivojlantirishga 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi

Shuningdek, Samarqandda 9 gektar maydonda yangi Ipak yo‘li muzeyi qurilishi muhokama qilinmoqda

2030-yilgacha madaniyat sohasini rivojlantirishga 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha madaniyat sohasini rivojlantirish uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan. Bu haqda payshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida madaniyat sohasidagi yangi loyihalar taqdimotida ma’lum qilindi.

Samarqandda 9 gektar maydonda yangi Ipak yo‘li muzeyi qurilishi muhokama qilindi. Loyihaga ko‘ra, uning ekspozitsiyasi arxeologik materiallar, tasviriy va amaliy san’at asarlarini o‘z ichiga olgan 6 mingdan ortiq noyob eksponatlarni birlashtiradi. Shuningdek, muzeyda doimiy va vaqtinchalik ko‘rgazmalar uchun joylar, 160 o‘rinli auditoriya, bolalar akademiyasi, konservatsiya va tadqiqot markazi, yirik fond omborlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Madaniyat muassasalariga aholini kengroq jalb etish, ularning mazmuni va ish shaklini zamon talablariga muvofiq yangilash belgilandi. Respublikadagi 839 ta madaniyat markazini bosqichma-bosqich transformatsiya qilib, binolariga zamonaviy qiyofa berish, xususiy sektorni jalb qilib, jozibadorligini oshirish taklif qilindi.

San’at sohasidagi iqtidorli yoshlarni erta aniqlash, ularni boshlang‘ich sinflardan maqsadli tayyorlash, zarur bo‘lsa, o‘qish joyida yashash va ijod qilish uchun munosib sharoitlar yaratish muhim vazifa etib belgilandi.

Prezident Andijon yoshlar simfonik orkestri va “Tumor” raqs ansambli faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni ma’qulladi.

Davlat rahbari media makonda milliy kontentni kengaytirish, shuningdek, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalangan holda milliy madaniyat ma’lumotlar bazasini izchil ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, nodavlat madaniyat tashkilotlarini ishga tushirish uchun imtiyozli kreditlash, nodavlat teatrlar va teatr-studiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda ularga loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratish tizimi joriy etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Humans rahbari xalqaro qidiruvga berildi
/
Humans rahbari xalqaro qidiruvga berildi
“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Axmedov xalqaro qidiruvga berildi
/
“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Axmedov xalqaro qidiruvga berildi
O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik mukofot puli beriladi
/
O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik mukofot puli beriladi