Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
Noutbuklar A18 Pro chipiga, 13 dyuymli ekran va 16 soatgacha avtonom ishlash imkoniyatiga ega
Фото: Apple
Apple kompaniyasi rasmiy saytida ma’lum qilishicha, to‘rt xil rangdagi alyuminiy korpusda ishlab chiqilgan yangi MacBook Neo kompyuteri taqdim etildi.
Yangi model 13 dyuymli Liquid Retina displey bilan jihozlangan bo‘lib, uning aniqligi 2408×1506 piksel, yorqinligi 500 nitni tashkil etadi hamda 1 mlrd rangni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning apparat asosi sifatida A18 Pro protsessori tanlangan. Texnik sinovlarga ko‘ra, tizimning kundalik vazifalardagi unumdorligi Intel Core Ultra 5 bazasidagi noutbuklarga nisbatan 50%ga yuqori, neyrotarmoq operatsiyalarini qayta ishlash tezligi esa uch baravarga oshgan.
Noutbuk bir zaryad bilan 16 soatgacha ishlay oladi. Konstruksiyada ventilyatorlar ko‘zda tutilmagan bo‘lib, bu to‘liq shovqinsiz ishlashni ta’minlaydi. Qurilmada 1080p aniqlikdagi FaceTime kamerasi, ikki yo‘nalishli mikrofon hamda fazoviy audio qo‘llab-quvvatlanadigan stereo karnaylar o‘rnatilgan. Tashqi qurilmalarni ulash uchun ikki dona USB-C porti va quloqchinlar uchun raz’yom mavjud.
Dasturiy ta’minot sifatida Apple Intelligence funksiyalari integratsiya qilingan macOS Tahoe operatsion tizimi qo‘llanadi. MacBook Neo korpusi 60%ga qayta ishlangan materiallardan, jumladan alyuminiy va batareyalardagi kobaltdan tayyorlangan.
Modelning boshlang‘ich narxi $599 etib belgilangan, ta’lim sohasi uchun esa $499 miqdorida maxsus narx joriy qilingan. Oldindan buyurtmalar 4 martdan qabul qilinadi, rasmiy savdo esa 11 martdan boshlanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ