Qurilish shartnomasi bajarilmagani sabab fuqarolarga 267,2 mln so‘m qaytarildi

“Grand Comfort Building” savdo markazini belgilangan muddatda topshirmagani aniqlangan

Qurilish shartnomasi bajarilmagani sabab fuqarolarga 267,2 mln so‘m qaytarildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga fuqarolar P.M. va M.F. tomonidan qurilish sohasida shartnoma majburiyatlari bajarilmagani yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqarolar 2023-yilda “GRAND COMFORT BUILDING” MChJ bilan “RABAD” savdo markazi qurilishida ishtirok etish bo‘yicha shartnoma tuzgani, hujjatga muvofiq obyekt 2025-yil fevral oyida foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgani qayd etilgan. Biroq qurilish ishlari to‘xtab qolgani va belgilangan muddatda savdo markazi topshirilmagani aniqlangan.

Fuqarolar 2025-yil avgust oyida shartnomani bekor qilish bo‘yicha belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa-da, to‘langan mablag‘lar uzoq vaqt davomida qaytarilmagan. Shu sababli ular o‘z huquqlarini himoya qilish va masalani qonuniy yo‘l bilan hal etish maqsadida Raqobat qo‘mitasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq, ijrochi shartnomada belgilangan muddat, hajm va sifatda ishni bajarishi shart.

Mazkur murojaat Qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Natijada “GRAND COMFORT BUILDING” MChJ tomonidan har bir iste’molchiga 133,6 mln so‘mdan, jami 267,2 mln so‘m mablag‘ qaytarilishi ta’minlandi va fuqarolarning huquqlari tiklandi.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan qurilish sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish va nazorat ishlari davom ettirilayotgani ma’lum qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Milliy turizm platformasi Booking va Agoda bilan integratsiya qilinadi
/
Milliy turizm platformasi Booking va Agoda bilan integratsiya qilinadi
“Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi
/
“Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi
Propan bo‘yicha chora-tadbirlar natijasida birja narxlari 18% ga pasaydi
/
Propan bo‘yicha chora-tadbirlar natijasida birja narxlari 18% ga pasaydi