“Lukoyl” ning bozor qiymati qariyb $10 mlrdga qisqardi

Bir kunda kompaniya kotirovkalari 4,6% ga, sanksiyalar joriy etilgan 23-oktabrdan beri esa 18,6% ga pasaydi

“Lukoyl” ning bozor qiymati qariyb $10 mlrdga qisqardi

“Lukoyl” aksiyalari AQSH sanksiyalari va kompaniyaning xorijiy aktivlarini sotish bo‘yicha bitimning barbod bo‘lishi tufayli keskin tushib ketdi.

Moskva birjasida 12-noyabr kungi savdolarda “Lukoyl” qog‘ozlari donasi 4,9 ming rublgacha (salkam $60,5) tushdi. Bu so‘nggi ikki yarim yil ichidagi eng past ko‘rsatkichdir. Bir kunda kompaniya kotirovkalari 4,6% ga, hafta boshidan beri 7,4% ga, sanksiyalar joriy etilgan 23-oktabrdan beri esa 18,6% ga pasaydi. Natijada Rossiyadagi eng yirik xususiy neft kompaniyasining bozor qiymati $777 mlrd rubl yoki $9,6 mlrdga qisqardi.

“Lukoyl” birjadagi “ko‘k fishkalar” orasida eng ko‘p pasaygan kompaniyaga aylandi. Freedom Finance yetakchi tahlilchisi Natalya Milchakova ta’kidlashicha, investorlar sanksiyalar tufayli kompaniya xorijiy aktivlardan sezilarli yo‘qotishlarsiz chiqa olmasligidan xavotirda.

Dunyoning 11 ta mamlakatida faoliyat yuritayotgan “Lukoyl” xorijiy bozorlarda deyarli to‘liq falajlikka uchradi. Iroqda u “G‘arbiy Qurna-2” konida qazib olingan neft uchun na pul, na neft olmoqda, Finlyandiyada kompaniyaga tegishli Teboil yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i yonilg‘isiz qoldi, “Lukoyl”ning savdo bo‘linmasi — Shveysariyaning Litasco kompaniyasi tankerlarni ijaraga ololmayapti va to‘lovlarni amalga oshira olmayapti. Hindiston va Xitoy neftni qayta ishlash zavodlari “Lukoyl” neftidan voz kechmoqda.

Dastlab Gunvor kompaniyasi “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olishni rejalashtirgan edi. Biroq 7-noyabr kuni AQSH rasmiylari kompaniyaning Rossiya rahbariyati bilan aloqalarini tekshirgach, ushbu bitimni amalga oshirish uchun litsenziya berishni rad etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
/
UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
/
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi