Raqobat qo’mitasi «Lukoyl»ga asossiz mablag’larni qaytarishni buyurdi

Shuningdek, kompaniyaga joriy qoidabuzarliklarni bartaraf etish va kelajakda ularning oldini olish choralarini ko'rish buyurilgan

Raqobat qo’mitasi «Lukoyl»ga asossiz mablag’larni qaytarishni buyurdi

Avval «Kapital.uz» yozganidek raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi «Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd» kompaniyasiga qarshi ish qo’zg’atdi.

Qo’mitaning maxsus komissiyasi «Lukoyl»ning sho’ba tuzilmasini 2020 yilda tasdiqlangan birja savdolarida yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish qoidalarini buzganlikda aybdor deb topdi.

Kompaniya noqonuniy ravishda olingan daromadlarni qaytarish, qonunbuzarliklarni to’xtatish va kelajakda ularning oldini olish choralarini ko’rishga majbur bo’ldi.

Agar kompaniya maxsus komissiya qaroriga rozi bo’lmasa, u raqobat qo’mitasining apellyatsiya kengashiga murojaat qilishi yoki ushbu qaror ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

1-avgustdan chiqindi xizmatidan qarzi borlar elektr tokiga to‘lov qila olmaydi
/
1-avgustdan chiqindi xizmatidan qarzi borlar elektr tokiga to‘lov qila olmaydi
“International Hotel Tashkent” mehmonxonasi Azimut Hotels boshqaruviga o‘tadi
/
“International Hotel Tashkent” mehmonxonasi Azimut Hotels boshqaruviga o‘tadi
ILMA ipoteka obligatsiyalari bozoriga “Tartibga solish qumdoni” rejimi joriy etmoqda
/
ILMA ipoteka obligatsiyalari bozoriga “Tartibga solish qumdoni” rejimi joriy etmoqda