Shveytsariya prokuraturasi “Lombard Odier” bankini Gulnora Karimovaning pullarini yuvishida ayblamoqda

Moliya tashkiloti korrupsiya sxemalari orqali olingan milliardlarni yashirishda va muvofiqlik standartlarini buzishda gumon qilinmoqda

Shveytsariya prokuraturasi “Lombard Odier” bankini Gulnora Karimovaning pullarini yuvishida ayblamoqda

Shveytsariya prokuraturasi “Lombard Odier” banki va uning sobiq xodimini O’zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova faoliyati bilan bog’liq mablag’larni yuvishda ishtirok etganlikda aybladi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi

Prokuratura ma’lumotlariga ko’ra, “Lombard Odier” Karimovaning O’zbekistondagi davlat shartnomalarini nazorat qilish bilan bog’liq korrupsiya sxemalari orqali olgan milliardlab dollarlarini yashirishga yordam bergan. Ushbu mablag’lar Shveytsariyada joylashgan “Ofis” deb nomlanuvchi tarmoq orqali yuvilgan. 

Prokuratura bankni mijozlarni yetarlicha tekshirmaganlikda, yuqori xavfli operatsiyalarni e’tiborsiz qoldirganlikda va ichki muvofiqlik standartlariga mos kelmaslikda aybladi. Bunga javoban “Lombard Odier” 2012 yilda Karimovaga nisbatan shubha haqida xabar berganini da’vo qilmoqda. 

Bank bayonotida shunday deyilgan: “ayblovlar hech qanday asosga ega emas. Biz o’z manfaatlarimizni faol himoya qilamiz.” 

2016-yilda o’tkazilgan tintuvlar davomida bankda O’zbekiston davlatidan o’g’irlangan mablag’lar va prokuratura uchun dalil bo’lgan hujjatlar bilan sotib olingan zargarlik buyumlari topilgan. 

Shuningdek, Karimova bilan ishlagan bankning sobiq xodimi ham javobgarlikka tortilib, uni tekshirish tartib-taomillarini chetlab o’tishda ayblashmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi