Xitoy kompaniyasi O’zbekiston lokomotiv parkini yangilaydi

10 yil ichida Xitoy kompaniyasi 38 ta elektrovoz yetkazib beradi

Xitoy kompaniyasi O’zbekiston lokomotiv parkini yangilaydi

15 avgust kuni Xitoyning “CRRC Zhuzhou Locomotive” kompaniyasi va “O’zbekiston temir yo’llari” O’zbekiston lokomotiv parkini modernizatsiya qilish va yangilash to’g’risida shartnoma imzoladilar. Bu haqda “O’zbekiston temir yo’llari” xabar bermoqda.

Shartnomaga ko’ra, Xitoy kompaniyasi mamlakat temir yo’llarida ishlaydigan “O’zbekiston” seriyali 12 ta elektrovozni yangilash bilan shug’ullanadi. 

Bundan tashqari, u 2034 yilgacha bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatiga ega bo’lgan 38 ta yuk va yo’lovchi elektrovozlari, teplovozlar va manevr lokomotivlarini yetkazib beradi.

Eslatib o’tamiz, Yukorichirchik tumanida $350 mlnlik to’qimachilik va sanoat parkini yaratish bo’yicha qurilish ishlari boshlangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM