O‘zbekiston ushbu kuz-qish mavsumida 10 mln tonna ko‘mir ishlab chiqariladi

Shuningdek, aholini ko‘mir bilan kafolatli ta’minlash, mahsulot tannarxini tushirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston ushbu kuz-qish mavsumida 10 mln tonna ko‘mir ishlab chiqariladi

Shavkat Mirziyoyev 18-noyabr kuni ko‘mir qazib chiqarishda erishilgan natijalar va kelgusi vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdimotda aytilishicha, kuz-qish mavsumida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha muassasalari hamda iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash maqsad qilingan.

Shu bois energetikaning barcha tarmoqlari qatori ko‘mir sanoatida ham yangi loyihalar amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarish quvvatlari va hajmlari ko‘paytirilmoqda.

Xususan, 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumida qariyb 8,7 mln tonna ko‘mir qazib olinib, issiqlik elektr stansiyalari, budjet tashkilotlari va aholiga yetkazib berildi.

Taqdimotda 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumida 10 mln tonna ko‘mir ishlab chiqarish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Buning uchun “O‘zbekko‘mir” korxonalarining moddiy-texnik bazasi kuchaytirildi, sohada qo‘shimcha ishlab chiqaruvchilarning faoliyati uchun sharoitlar yaratildi, — deyiladi xabarda.

Prezident mavsum davomida aholini ko‘mir bilan kafolatli ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Korxonalarni modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, sohada bozor tamoyillari hamda raqobatni rivojlantirib, mahsulot tannarxini tushirish muhimligi qayd etildi.

Taqdimotda uran yo‘nalishidagi yangi investitsiya loyihalarini jadallashtirish, geologiya-qidiruv ishlarining ko‘lamini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
/
Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
/
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi
/
2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi