O’zbekistonda kuz-qish davriga tayyorgarlik ko’rish uchun 730 mlrd so’mdan ortiq mablag’ ajratiladi
Mablag'larning asosiy qismi issiqlik ta'minoti va uskunalarni tayyorlashga yo'naltiriladi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O’zbekistonda shaharni kuz-qish davriga tayyorlash uchun 732,6 mlrd so’m ajratiladi. Bu haqda Toshkent hokimi Shavkat Umurzakovning farmoyishidan ma’lum bo’ldi.
Ushbu mablag’lar turar-joy binolarini, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti obyektlarini kapital ta’mirlashga, elektr va gaz tarmoqlarini yangilashga sarflanadi. Moliyalashtirishning umumiy hajmidan 2,7 mlrd so’m respublika byudjetidan, qolgan 729,8 mlrd so’m esa homiylar va boshqa manbalar hisobidan yig’iladi.
Mablag’larni taqsimlash rejasi quyidagicha:
- ko’p kvartirali uy-joy fondini kapital va joriy ta’mirlash — 58,9 mlrd so’m;
- ijtimoiy soha obyektlarini kapital va joriy ta’mirlash — 2,7 mlrd so’m;
- issiqlik ta’minoti va asbob-uskunalarni tayyorlash — 623,8 mlrd so’ m;
- ichimlik suvi obyektlari — 27,2 mlrd so’m;
- elektr tarmoqlari va qurilmalari — 2,9 mlrd so’m;
- gaz ta’minoti obyektlari va qurilmalari — 16,8 mlrd so’ m.
Ular 2,8 mingta ko’p qavatli uylarda, 634 ta qozonxonada, 2,3 ming km suv ta’minoti tarmog’ida, 2,2 ming km elektr uzatish liniyalarida va 16,9 km gaz quvurlarida tiklash va ta’mirlash ishlarini olib borish uchun ishlatiladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ