O‘zbekistonda kuryerlarning ish tartibi tasdiqlandi

Mahsulotlarni yetkazib berishda to‘lov, gigiyena va mijozlar ma’lumotlarini himoya qilish talablari belgilangan

O‘zbekistonda kuryerlarning ish tartibi tasdiqlandi

“Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizom elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, kuryer tadbirkor hamda yetkazib berish xizmati operatorlari bilan mehnat shartnomasi va (yoki) fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs, shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs hisoblanadi.

Yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar, shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, xaridorlardan tovar va (yoki) yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilishga haqli.

Bunda, nazorat-kassa texnikasini majburiy qo‘llash yoki elektron yoxud qog‘oz shaklida chek (kvitansiya) taqdim etilishi lozim.

Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda transport vositalari va termokonteynerlarni toza hamda soz holatda bo‘lishi, muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishiga amal qilish lozim.

Kuryerga quyidagilarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, jumladan:

  • tovarning qadog‘ini o‘zboshimchalik bilan ochish;
  • xaridorlarning shaxsiy ma’lumotlari va yetkazib berilayotgan tovar haqidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilish.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yil 1-iyundan tadbirkorlarga bojxona bojini 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi
/
2026-yil 1-iyundan tadbirkorlarga bojxona bojini 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi
“Artel” kompaniya direktori AloqaBank Kuzatuv kengashi a’zosiga aylandi
/
“Artel” kompaniya direktori AloqaBank Kuzatuv kengashi a’zosiga aylandi
11 oyda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $72 mlrddan oshdi
/
11 oyda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $72 mlrddan oshdi