26.7.2024 | 16:15
O’zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
Markaziy bank tomonidan 29 iyul kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o'rnatildi

Фото: Артём Левин / Kapital.uz
O’zbekiston Markaziy banki tomonidan 29 iyul kuni O’zbekiston so’miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 599,83 so’mni (-34,17) tashkil etdi, yevro ham 34,56 so’mga tushib 13 675,86 so’mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo’yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo’ldi:
- funt sterling — 16 214,72 so’m (-64,19);
- rubl — 147,78 (-0,84);
- Xitoy yuani — 1 737,43 so’m (-12,55);
- Yaponiya iyenasi — 81,71 so’m (-1,24);
- Qozog’iston tengesi — 26,58 so’m (0,00).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ