O‘zbekistonda kunlik ish haqi to‘lash tartibi joriy etiladi

Tartib ixtiyoriy tashkil qilinib, tomonlar o‘zaro elektron mehnat shartnomasiga ega bo‘lishi kerak

O‘zbekistonda kunlik ish haqi to‘lash tartibi joriy etiladi

Mamlakatda ish beruvchilarga xodimlar mehnati uchun kunlik to‘lov yo‘lga qo‘yiladi. Bu 2025-yil 12-avgustdagi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga qulay sharoit yaratishga oid prezident qarorida belgilangan.

Qaror asosida O‘zbekistonda mehnat munosabatlari moslashuvchanligini oshirish nazarda tutilmoqda. Jumladan, ayrim talablarga javob beradigan xodimlar mehnati uchun kunlik to‘lov mexanizmi tajriba tariqasida joriy etiladi. Yangi qoida “shu kunning o‘zida” deb nomlanadi.

Ish haqini kunlik olishi mumkin bo‘lgan xodim bilan elektron mehnat shartnomasi tuzilgan bo‘lishi kerak. Xodimdan raqamli platformalarda elektron hamyonga egaligi ham talab etiladi. Shu bilan birga, soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lashni o‘z ichiga olgan soliq intizomiga qatʼiy rioya qilinishi zarur.

Mazkur mexanizm ixtiyoriy asosda joriy etiladi va ish beruvchini maxsus huquqiy rejim doirasidan tashqaridagi mehnat qonunchiligining boshqa qoidalariga rioya etishdan ozod etmaydi.

Qarorga binoan raqamli platforma operatori xodimlarga “shu kunning o‘zida” mexanizmi bo‘yicha ish haqi to‘lash uchun to‘lov vositalarini taqdim etadi. Mexanizm samarali ishlashi uchun davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyalashuv taʼminlanadi.

Qaror bilan 2026-yil 1-yanvardan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash tartibi bekor qilinadi.

Endilikda daromadi 100 mln so‘mdan oshmagan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ham aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

IIB Toshkentda ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalar firibgarlardan ogohlantirmoqda
/
IIB Toshkentda ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalar firibgarlardan ogohlantirmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasayishini davom ettirmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasayishini davom ettirmoqda
Banklar 1,1 mln holatda so‘ralgan summadan ortiqcha mikroqarz ajratgan
/
Banklar 1,1 mln holatda so‘ralgan summadan ortiqcha mikroqarz ajratgan