2025-yilda kriptoindustriya kapitallashuvi $4 trlndan oshdi

Kelgusida bozor o‘sishi institutsional kapital, stablkoinlar va global siyosiy yumshash fonida tezlashishi kutilmoqda

2025-yilda kriptoindustriya kapitallashuvi $4 trlndan oshdi

2025-yil kriptoindustriya tarixida eng muhim yillardan biri bo‘ldi. Yil yakunlariga ko‘ra, global kriptobozorning umumiy kapitallashuvi ilk bor $4 trlndan oshdi, bitkoin (BTC) esa tarixiy eng yuqori darajani qayd etdi. Bu jarayon institutsional investorlar faolligining kuchayishi, stablkoinlar bo‘yicha tartibga solishdagi ijobiy siljishlar hamda yangi regulyatsiyalangan investitsiya mahsulotlarining paydo bo‘lishi bilan izohlanadi.

Shu bilan birga, 2025-yilda bozor makroiqtisodiy bosimlar ostida qoldi. Pul-kredit siyosatidagi noaniqliklar, savdo ziddiyatlari va geosiyosiy xatarlar fonida kriptoaktivlar yuqori volatillikni saqlab qoldi. Yil davomida umumiy kapitallashuv $2,4 trln va $4,2 trln oralig‘ida tebrandi. Yakunda esa bozor 7,9% pasayish bilan yilni yopdi. Bu kriptobozor narx shakllanishida tobora ko‘proq an’anaviy moliya sikllariga bog‘lanib borayotganini ko‘rsatdi.

Bitkoin: tranzaksiya vositasidan makroaktivga

2025-yilda bitkoinning iqtisodiy tabiati yanada aniq shakllandi. AQShda ishga tushirilgan spot-ETFlar orqali $21 mlrddan ortiq sof kapital jalb qilindi. Korporativ zaxiralardagi bitkoin hajmi 1,1 mln donadan oshib, umumiy taklifning qariyb 5,5 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga, on-chain faollik pasaydi — faol manzillar soni yil davomida 16%ga qisqardi. Bu BTC narxini endi asosan off-chain moliyaviy mexanizmlar belgilayotganini anglatadi.

Layer 1 va monetizatsiya talabi

2025-yil Layer 1 blokcheynlar uchun muhim xulosa berdi: faollikning o‘zi yetarli emas, monetizatsiya hal qiluvchi omilga aylandi. Ethereum ishlab chiquvchilar va DeFi likvidligi bo‘yicha yetakchiligini saqlab qoldi, biroq rollup arxitekturasi fonida komissiyalarning qisqarishi ETHning BTCga nisbatan dinamikasini susaytirdi. Solana esa yuqori tranzaksiya faolligi, stablkoinlar oqimi va protokol daromadlari hisobiga kuchli o‘sishni namoyish etdi hamda AQShda spot-ETF tasdig‘ini oldi. BNB Chain esa savdo hajmlari va RWA integratsiyasi orqali 2025-yilning eng muvaffaqiyatli yirik kriptoaktiviga aylandi.

DeFi va stablkoinlar: institutlashuv bosqichi

DeFi bozori 2025-yilda institutsionallashuvning yangi bosqichiga o‘tdi. Umumiy bloklangan qiymat (TVL) $124,4 mlrd darajasida barqarorlashdi. Kapital oqimi stablkoinlar va daromadli aktivlar tomon siljidi. Real aktivlarni tokenizatsiya qilish (RWA) segmenti $17 mlrdga yetib, DEXlardan ustunlashdi. Stablkoinlar bozorining umumiy kapitallashuvi esa $305 mlrddan oshdi, kundalik tranzaksiya hajmi $3,5 trlngacha yetib, Visa ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘ldi.

Ekspertlar 2026-yilni kriptobozor uchun “risk reboot” davri sifatida baholamoqda. Global monetar siyosatning yumshashi, keng ko‘lamli fiskal rag‘batlantirish va tartibga solishdagi aniqlik institutsional kapital oqimini tezlashtirishi kutilmoqda. Asosiy o‘sish drayverlari sifatida stablkoinlar, tokenizatsiya, institutsional DeFi, markazlashmagan savdo platformalari va AI-integratsiyalangan moliyaviy yechimlar ko‘rsatilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston meva-sabzavot eksportidan $2,1 mlrddan ortiq daromad oldi
/
O‘zbekiston meva-sabzavot eksportidan $2,1 mlrddan ortiq daromad oldi
O‘zbekistonda 15 yildan eski avtomobillarda taksichilik qilish taqiqlanishi mumkin
/
O‘zbekistonda 15 yildan eski avtomobillarda taksichilik qilish taqiqlanishi mumkin
2025-yilda bank tizimida muammoli kreditlar ulushi 3%gacha kamaydi
/
2025-yilda bank tizimida muammoli kreditlar ulushi 3%gacha kamaydi