18.12.2024 | 17:26
O‘zbekistonda kripto-aktivlar faoliyatini litsenziyalash narxlari belgilandi
Unga ko‘ra, kripto-birja uchun 73,400 BHM davlat boji qo‘llaniladi
Фото: Маргарита Авакян / Kapital.uz
Kripto-aktivlar xizmatlari provayderlari uchun litsenziya olish davlat bojining miqdorlari belgilandi. Bu haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Unga ko‘ra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari to‘lash sanasida amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi baravarlarida belgilanadi:
- Kripto-birja — 73,4 ming BHM (27,525 mlrd so‘m);
- Mayning-pul — 3 ming BHM ((1,125 mlrd so‘m);
- Kripto-depozitariy — 7 ming BHM (2,625 mlrd so‘m);
- Kripto-do‘kon — 3,7 ming BHM (1,3875 mlrd so‘m).
Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr holatiga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdori 375 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ