Endilikda kredit miqdori daromadning 8 baravaridan oshmasligi belgilandi

Agar fuqaroning aniq daromadini tasdiqlash imkoni bo‘lmasa, kredit limiti 5 baravar etib belgilanadi

Endilikda kredit miqdori daromadning 8 baravaridan oshmasligi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki aholiga iste’mol kreditlari va mikroqarzlar ajratish tartiblarini yangiladi. Bu haqda Lex.uz portalida e’lon qilingan ma’lumotlarda keltirilgan.

Asosiy o‘zgarish — qarz miqdorini qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadi bilan bog‘lash. 2026-yil 1-martdan boshlab qarzning daromadga nisbati o‘rtacha oylik tushumning 8 baravaridan oshmasligi kerak bo‘ladi.

Agar fuqaroning aniq daromadini tasdiqlash imkoni bo‘lmasa, kredit limiti 5 baravar etib belgilanadi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun esa bu ko‘rsatkich 8 baravar miqdorida saqlanib qoladi.

Masalan, rasmiy ishlovchi yoki o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroning oylik daromadi 1 mln so‘m bo‘lsa, u 8 mln so‘mgacha kredit olish huquqiga ega bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda moliya tashkilotlari kredit berishda asosan umumiy qarz yuklamasiga tayanadi. Yangi tartib esa qarz oluvchining real pul tushumlariga asoslangan qo‘shimcha cheklovni joriy etishni nazarda tutadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi