Kredit rasmiylashtirishda qarz oluvchilar maxsus chek-list to‘ldirishi lozim bo‘ladi

Fuqarolar bu orqali qarzdorlikni rasmiylashtirish bilan bog‘liq shartlar va xatarlar bilan tanishib, roziligini tasdiqlaydi

Kredit rasmiylashtirishda qarz oluvchilar maxsus chek-list to‘ldirishi lozim bo‘ladi

Markaziy bank tijorat banklari uchun mijozlar bilan munosabatlarda amal qilinadigan minimal talablarni yangilash bo‘yicha hujjat loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilingan.

Loyihaga ko‘ra, jismoniy shaxslar kredit olish jarayonida o‘z majburiyatlari bilan bog‘liq xatarlarni tushunishi uchun maxsus chek-list joriy qilinadi. Bank qarzni tasdiqlaganidan so‘ng, lekin shartnoma imzolanishidan oldin, ushbu ro‘yxat mijozga taqdim etiladi.

Qarz oluvchi to‘rt asosiy band bilan tanishib, roziligini tasdiqlashi shart:

  1. Kredit — bu xarajat;

  2. Kreditni qaytarish jadvalini o‘rganib chiqdim;

  3. Daromadlarim to‘lovlarni qoplashga yetadi;

  4. To‘lovlarni kechiktirish oqibatlaridan xabardorman.

Chek-list kredit rasmiylashtirish jarayonida qog‘oz yoki elektron shaklda to‘ldiriladi. Elektron holatda mijoz bandlarni belgilab, tasdiqlash tugmasini bosgach, bu harakat sana, vaqt, IP-manzil va identifikator bilan bank tizimida qayd etiladi.

Shuningdek, Markaziy bank kredit ma’lumotlarini mijoz roziligisiz mobil ilovalarga avtomatik yuklashni va “standart” rozilik belgilaridan foydalanishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Qabul qilish tugmasi hujjat oxirigacha o‘qilgandan so‘nggina faol bo‘ladi.

Bundan tashqari, banklar moliyaviy qiyinchilik, murakkab hayotiy vaziyat yoki fors-major sababli kredit shartlarini o‘zgartirish va restrukturizatsiya qilish tartibini ishlab chiqib, uni rasmiy saytlarida e’lon qilishi lozim bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bojxona organlari to‘lovli xizmatlarining yangi tariflari tasdiqlandi
/
Bojxona organlari to‘lovli xizmatlarining yangi tariflari tasdiqlandi
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4% ga oshdi
/
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4% ga oshdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qiymati tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qiymati tushdi