Kredit mablag‘larini ajratish muddati 3 kundan 10 daqiqagacha qisqartirildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kelgusida open banking texnologiyalari joriy etishni taklif qilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi yig‘ilishida Markaziy bank va tijorat banklari imtiyozli kreditlar ajratishda korrupsiyani kamaytirish, inson omilini cheklash va raqamlashtirishni jadallashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Qayd etilishicha, bank xizmatlarida raqamlashtirish hisobiga kredit ajratish muddati 3 kundan 10 daqiqagacha qisqartirilgan, byurokratik to‘siqlar kamaygan.
Shuningdek, deputatlar soxta hujjatlar, norasmiy to‘lovlar, sun’iy yengilliklar va shaffoflikning yo‘qligi sabab muammoli kreditlar ko‘payayotganini tanqid qildi.
Hisob palatasi auditi asosida aniqlanishicha:
- 140 mlrd so‘m kreditlar monitoring yo‘qligi sabab muammoga aylangan.
- 176 mlrd so‘mlik vositalar balansga kiritilmagan.
- 4,6 trln so‘mlik samarasiz kredit mavjud.
Prezident farmoniga muvofiq, banklarda korrupsiyaga qarshi qonuniy asoslar takomillashtirilishi, sun’iy intellekt va open banking texnologiyalari joriy etilishi taklif qilindi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ