Kredit mablag‘larini ajratish muddati 3 kundan 10 daqiqagacha qisqartirildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kelgusida open banking texnologiyalari joriy etishni taklif qilmoqda

Kredit mablag‘larini ajratish muddati 3 kundan 10 daqiqagacha qisqartirildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi yig‘ilishida Markaziy bank va tijorat banklari imtiyozli kreditlar ajratishda korrupsiyani kamaytirish, inson omilini cheklash va raqamlashtirishni jadallashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi. 

Qayd etilishicha, bank xizmatlarida raqamlashtirish hisobiga kredit ajratish muddati 3 kundan 10 daqiqagacha qisqartirilgan, byurokratik to‘siqlar kamaygan.

Shuningdek, deputatlar soxta hujjatlar, norasmiy to‘lovlar, sun’iy yengilliklar va shaffoflikning yo‘qligi sabab muammoli kreditlar ko‘payayotganini tanqid qildi.

Hisob palatasi auditi asosida aniqlanishicha:

  • 140 mlrd so‘m kreditlar monitoring yo‘qligi sabab muammoga aylangan. 
  • 176 mlrd so‘mlik vositalar balansga kiritilmagan. 
  • 4,6 trln so‘mlik samarasiz kredit mavjud. 

Prezident farmoniga muvofiq, banklarda korrupsiyaga qarshi qonuniy asoslar takomillashtirilishi, sun’iy intellekt va open banking texnologiyalari joriy etilishi taklif qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yevroosiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 2031-yilgacha $3 mlrd investitsiya kiritishi mumkin
/
Yevroosiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 2031-yilgacha $3 mlrd investitsiya kiritishi mumkin
TezNews bilan O‘zbekiston hududlarida brendlarni qanday samarali targ‘ib qilish mumkin
/
TezNews bilan O‘zbekiston hududlarida brendlarni qanday samarali targ‘ib qilish mumkin
Bank va sug‘urta xizmatlari bo‘yicha 78 mln so‘mdan ortiq mablag‘ fuqarolarga qaytarildi
/
Bank va sug‘urta xizmatlari bo‘yicha 78 mln so‘mdan ortiq mablag‘ fuqarolarga qaytarildi