O‘zbekistonda kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi

Xususan, 2031-yilgacha ijtimoiy soliq va daromad solig‘ini 50% miqdori to‘laydi

O‘zbekistonda kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi

Prezident farmoni bilan kreativ industriya parki hududlarda uning filiallari hamda ularda kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablari tashkil etilishi belgilandi

Xususan, 2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha kreativ park rezidentlari ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50% kamaytirilgan stavkada to‘laydi. 

Bundan tashqari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritiladi. Bunda ular o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkin.

Bundan tashqari, xorijiy tillar bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga 2 yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi