Korzinka supermarketlar tarmog‘iga $110 mln miqdorida investitsiya kiritildi

Bunda ADUI, UzOman va O‘mon investitsiya boshqarmasi sarmoyachi hisoblanadi

Korzinka supermarketlar tarmog‘iga $110 mln miqdorida investitsiya kiritildi

Korzinka supermarketlar tarmog‘i $110 mln miqdorida sarmoya jalb qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda

Sarmoya Abu Dabi-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi (ADUI), O‘mon investitsiya boshqarmasi va O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasi (UzOman) tomonidan kiritilgan.

Mablag‘lar tarmoqning rivojlanish strategiyasini jadallashtirish va O‘zbekistonda zamonaviy oziq-ovqat chakana savdosini takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

“Ushbu yirik sarmoya Korzinkaning ulkan o‘sish rejalari amalga oshishiga xizmat qiladi. Bu biz uchun muhim bosqich bo‘lib, kompaniyamizning bozor yetakchisi sifatida mustahkam o‘ringa ega ekanligi va O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan keng ko‘lamli islohotlarga bo‘lgan ishonchni yana bir bor tasdiqlaydi”, — dedi Korzinka supermarketlar tarmog‘i asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.

Shuningdek, u investitsiya tarmoqning o‘sish strategiyasini sezilarli darajada tezlashtirishiga, 1000 dan ortiq do‘konga ega bo‘lish kabi o‘rta muddatli maqsadga erishishga yordam berishiga ishonch bildirdi.

Bu 2020-yilda YTTB tomonidan amalga oshirilgan investitsiyadan keyingi ikkinchi investitsiya hisoblanadi. Ushbu kelishuv doirasida Morgan Stanley Korzinka’ga moliyaviy maslahatchisi sifatida xizmat ko‘rsatdi, O‘mon investorlar konsorsiumiga esa O‘mon Investitsiya Banki (UIB) maslahat berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
/
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
/
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda