1-noyabrdan Prezident huzurida Korporativ etika bo‘yicha komissiya tashkil etiladi

MCHJlardagi ulushlar oldi-sotdi qilinganda yoki begonalashtirilganda ularga bo‘lgan huquqlarni o‘tkazish mexanizmi soddalashtiriladi

1-noyabrdan Prezident huzurida Korporativ etika bo‘yicha komissiya tashkil etiladi

5-sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev korporativ munosabatlarni tartibga solishni takomillashtirishga oid qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ)ga yangi ishtirokchini qo‘shish yoki uni jamiyatdan chiqarish jarayoni soddalashtirilmoqda. Endilikda bunday qaror qabul qilingach, u darhol kuchga kiradi.

Agar ishtirokchini majburiy tartibda chiqarish yoki qo‘shish, shuningdek, MChJ ulushini uchinchi shaxs bilan birgalikdagi mulk sifatida tan olish holatlari yuzaga kelsa, qaror sud qarori chiqqan kundan kuchga kiradi.

Shuningdek, MChJ ulushlarini sotish va topshirishda ham yangi yengillashtirilgan tartib qo‘llanadi. Masalan, agar ulush E-auksion orqali xususiylashtirilsa, to‘lov to‘liq amalga oshirilgan kundan boshlab u xaridor mulki hisoblanadi. Ulush uchinchi shaxslarga sotilganda yoki begonalashtirilganda esa tegishli hujjatlar notarial tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.

Notarius tizimini tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish platformasiga integratsiya qilish bo‘yicha topshiriq berildi. Bundan tashqari, platformada MCHJ onlayn ishtirokchilariga o‘zlarining imtiyozli huquqlarini amalga oshirish imkoniyati to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, ulardan foydalanish yoki voz kechish istagini bildirish imkoniyati yaratiladi.

1 noyabrdan prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tarkibida korporativ etika bo‘yicha komissiya ish boshlaydi.

Komissiya yuridik shaxslar va xo‘jalik jamiyatlariga korporativ etika bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tavsiyalar beradi. Bundan tashqari, u ushbu sohadagi nizolarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda avtomobillar uchun ekostikerlar berish muddati yana kechiktirildi
/
Toshkentda avtomobillar uchun ekostikerlar berish muddati yana kechiktirildi
ACWA Power va Osiyo Taraqqiyot Banki Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasiga $51 mln sarmoya kiritadi
/
ACWA Power va Osiyo Taraqqiyot Banki Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasiga $51 mln sarmoya kiritadi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda
/
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda