Janubiy Koreya kompaniyalari O‘zbekistonda temir yo‘l loyihasini ishlab chiqmoqda

Loyiha 2026-yil bahorigacha yakunlanishi rejalashtirilgan

Janubiy Koreya kompaniyalari O‘zbekistonda temir yo‘l loyihasini ishlab chiqmoqda

Janubiy Koreya kompaniyalari O‘zbekistonda temir yo‘l loyihasi uchun texnik-iqtisodiy asos (TIA) ishlab chiqishni boshladi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda

Loyihani Koreya milliy temir yo‘l korporatsiyasi (KORAIL), Saman va Dongmyeong Technology Corporation kompaniyalari amalga oshirmoqda. Uni 2026-yil bahorigacha yakunlash rejalashtirilgan. Yangi yuqori tezlikdagi temir yo‘l yo‘nalishi Toshkent va Samarqandni bog‘laydi.

Loyiha doirasida KORAIL O‘zbekistonga temir yo‘l qurilishida ilg‘or koreys texnologiyalarini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kapital.uz Bishkekda Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘lini qurish bo‘yicha kompaniya tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Innovatsiyalar va rivojlanishning 5 yili: TBC Uzbekistan natijalarni sarhisob qilmoqda
/
Innovatsiyalar va rivojlanishning 5 yili: TBC Uzbekistan natijalarni sarhisob qilmoqda
Endilikda mahalla markazlari binolari 7 yilgacha mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi
/
Endilikda mahalla markazlari binolari 7 yilgacha mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi