O’zbekiston va Janubiy Koreya $300 mlnlik 20 ta yangi loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Yangi loyihalar raqamlashtirish, ekologiya va ta'limni qamrab oladi

O’zbekiston va Janubiy Koreya $300 mlnlik 20 ta yangi loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda

O’zbekiston va Janubiy Koreya davlat boshqaruvini raqamlashtirish, iqlim o’zgarishiga qarshi kurashish va ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan $300 mlnlik 29 ta yangi loyihani o’z ichiga olgan o’zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar bermoqda.

9 sentyabr kuni Koreya xalqaro hamkorlik (KOICA) prezidenti Chang Von Sam va O’zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov o’rtasidagi uchrashuvda hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi yo’nalishlar belgilandi. 

Ular hududlarda qo’shma tadbirlar o’tkazish, infratuzilma va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish, O’zbekistonning eksport va investitsiya siyosatini takomillashtirish masalalari bo’yicha maslahat va texnik yordam ko’rsatishni o’z ichiga oladi.

“KOICA”ning ta’lim, davlat boshqaruvi, tibbiyot va raqamlashtirish kabi sohalarni rivojlantirishga qo’shgan hissasi ham qayd etildi. Ushbu sohalar doirasida $250 mlndan ortiq mablag’ga 40 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi