Centrum Air Kopengagenga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta amalga oshiriladi

Centrum Air Kopengagenga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Centrum Air aviakompaniyasi Yevropaga birinchi muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi. Ilk yo‘nalish Daniya poytaxti Kopengagen bo‘ldi.

Parvozlar zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta amalga oshiriladi:

  • seshanba: Toshkent 19:00 – Kopengagen 23:30, Kopengagen 00:30 – Toshkent 08:15 (Chorshanba);
  • payshanba: Toshkent 09:30 – Kopengagen 13:45, Kopengagen 14:45 – Toshkent 22:30.

Centrum Air asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov Yevropa bozoriga chiqish aviakompaniya rivojlanishida muhim bosqich ekanligini ta’kidladi. Kopengagen kompaniyaning insonlar va mamlakatlarni bog‘lash, O‘zbekistonni Yevropa uchun va Yevropani O‘zbekiston uchun ochish intilishining ramziga aylandi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslardan tashqari, Daniyadan kelgan yo‘lovchilar uchun Toshkent orqali Bangkok, Seul, Guanchjou, Pxuket, Tel-Aviv, Olmaota, Dushanbe, Bishkek va boshqa yo‘nalishlarga tranzit marshrutlari ham mavjud bo‘ladi.

Yaqin kelajakda Centrum Air Yevropa tarmog‘ini Manchester, Frankfurt, Madrid, Barselona va Rimga parvozlar bilan kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu esa Toshkentning Markaziy Osiyodagi tranzit markazi sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

NKMK 5 yilda oltin ishlab chiqarishni 30% ga oshirishni rejalashtirmoqda
/
NKMK 5 yilda oltin ishlab chiqarishni 30% ga oshirishni rejalashtirmoqda
2026-yildan davlat idoralari binolari energiya samaradorlik tamoyillari asosida qayta quriladi
/
2026-yildan davlat idoralari binolari energiya samaradorlik tamoyillari asosida qayta quriladi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun o‘sishda davom etmoqda