O‘zbekistonda korporativ kreditlar hajmi 355 trln so‘mdan oshdi — Markaziy bank
Shuningdek, 200 ta eng yirik aksiyadorlik jamiyatlarining qarz yuki 200% dan yuqori qiymatni tashkil qilmoqda

Фото: «РИА Новости»
Markaziy bankning moliyaviy barqarorlik to‘g‘risidagi hisobotida ko’ra, 2024-yilda korporativ kreditlash o‘sishi biroz sekinlashgan.
Korxonalarga ajratilgan qarzlarning umumiy qoldig‘i dekabr oyi oxiriga kelib 355,6 trln so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 10,2% ga ko‘paygan. Taqqoslash uchun, 2023-yilda o‘sish sur’ati 11,7% bo‘lgan.
Korporativ kreditlarning O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotiga nisbatan ulushi 24% gacha qisqardi — bu o‘tgan yilga nisbatan 2,4% kam. Korporativ qarzlarning eng katta qismi (10% dan ortig‘i) sanoat korxonalariga to‘g‘ri keladi.
Barcha qoldiqlarning 64%i chet el valyutasidagi qarzlarga to‘g‘ri keldi, bu korporativ kreditlarning yuqori darajada dollarlashtirganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,4% ga pasaygan.
Korporativ qarzlarning chet el valyutasidagi o‘rtacha foiz stavkasi 10,1% ga yetib, yil davomida 0,6% ga oshdi. Biroq, eng yuqori ko‘rsatkich uchinchi chorakda (10,3%) qayd etilgan bo‘lib, oktabr-dekabr oylarida foiz stavkalarida biroz pasayish kuzatildi.
Yirik korxonalarning qarz yuki oshib bormoqda. 200 ta eng yirik aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning sentabr oyida ularning jami moliyaviy majburiyatlarining aktivlarga nisbati 206% ga yetdi yoki 2023-yilga nisbatan 8% ga oshdi.
Shuningdek, foizlarni qoplash koeffitsiyentining pasayishi qayd etilmoqda, bu esa kompaniyalarning kreditlar bo‘yicha to‘lov qobiliyati pasayib borayotganidan dalolat beradi. Uchinchi chorak oxirida u 249% ni tashkil etdi — bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki baravar past.
Bundan tashqari, kapital rentabelligi (ROE) 8% (-2%) gacha, aktivlar rentabelligi (ROA) esa 5% (-1%) gacha kamaydi. Boshqa tomondan, ROE minimumi (taxminan 6,5%) 2024-yilning birinchi choragida kuzatilgan, shundan so‘ng ko‘rsatkich biroz oshgan.
Kapital.uz avvalroq O‘zbekistonda kreditorlarning 40%i oyligining yarmini kredit to‘lashi va 2024-yilda aholining umumiy qarz yuki 34% zni tashkil etgani haqida ma’lum qilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ