Ipoteka kreditini qayta moliyalash kompaniyasi 250 mlrd so‘mlik obligatsiyalar chiqardi

Obligatsiyalar “IQMK3V4” belgisi ostida “Bond Market” ro’xatiga kiritilgan

Ipoteka kreditini qayta moliyalash kompaniyasi 250 mlrd so‘mlik obligatsiyalar chiqardi

“Toshkent” fond birjasi boshqaruvi tomonidan ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasi obligatsiyalarining yangi emissiyasini savdoga qo‘yishga ruxsat etildi. Bu haqda birjaning rasmiy saytida xabar qilindi.

Unga ko’ra, obligatsiyalar “IQMK3V4” belgisi ostida “Bond Market” ro’xatiga kiritilgan. Har birining nominal qiymati 1 mln so‘m bo‘lgan 250 ming dona obligatsiyalar chiqarilgan.

Obligatsiyalarning kupon stavkasi har chorakda to’lanadigan foizlar bilan yillik 19% qilib belgilandi. Qimmatli qog’ozlarning muomala muddati 3 yilni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

YTTB Xorazmdagi yo‘lni rekonstruksiya qilishga $294 mln ajratdi
/
YTTB Xorazmdagi yo‘lni rekonstruksiya qilishga $294 mln ajratdi
Saudiyaning “Flyadeal” aviakompaniyasi O‘zbekistonga aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma oldi
/
Saudiyaning “Flyadeal” aviakompaniyasi O‘zbekistonga aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma oldi
O’zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O’zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi