Kommunal to’lovlarni sud orqali undirish tartibi o’zgartirildi

Qonun 8-noyabrdan kuchga kirdi

Kommunal to’lovlarni sud orqali undirish tartibi o’zgartirildi

O’zbekiston prezidenti ayrim qonun hujjatlariga qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Unga ko’ra, koʻp kavatli uylardagi joylar mulkdorlari umumiy yigʻilishining koʻp kavatli uylarni boshqarish usulini tanlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusхasi bo’lishi lozim.

Shuningdek, koʻp kavatli uylarni boshqarish shartnomasining koʻchirma nusхasi, qarz yuzaga kelgan davr koʻrsatilgan qarz hisob-kitobi va qarzni uzish toʻgʻrisidagi talabning qarzdorga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bo’lishi shart.

Shu bilan birga, koʻp kavatli uylarni boshqarish organlari oʻzlari koʻrsatgan хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish haqidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga hamda iqtisodiy sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.

Bunda, ularning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

Qonun 8-noyabrdan kuchga kirdi.

Bundan tashkari, “O’zsuvtaminot”ning xabar berishicha, joriy yilning 1 dekabridan boshlab suv va kanalizatsiya xizmatlari uchun to’lov to’liq onlayn formatga o’tkaziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz” obligatsiyalarning eng yirik emissiyasi bilan bozorga kirdi
/
“O‘zbekneftgaz” obligatsiyalarning eng yirik emissiyasi bilan bozorga kirdi
Xorazm viloyatida arzon minivenlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Xorazm viloyatida arzon minivenlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi