2025-yilda ko’chmas mulk solig’i 10%ga oshiriladi

Xizmatlarni elektron platformalar orqali sotuvchilarga ham soliqlarni oshirish taklif etildi

2025-yilda ko’chmas mulk solig’i 10%ga oshiriladi

2025-yil uchun Iqtisodiyot va moliya vazirlig tomonidan davlat budjetnomasi taqdim etildi. Unda asosiy soliqlarni o‘zgarishsiz qoldirish belgilanayotgani ma’lum qilindi.

Unga ko’ra, foyda solig‘i 15%, QQS va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 12%, yuridik shaxslar mol-mulki solig‘i 1,5% va  aylanmadan olinadigan soliq 4% hamda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 1 kub metri uchun 100 so‘mga tenglashtiriladi.

Shuningdek, 2023-yil birinchi marta joriy etilgan aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy stavkalarini oshirish rejalashtirilib, uning amal qilish muddati 2026-yilgacha etib belgilanmoqda. 

Shuningdek, kelgusi yilda tovar va xizmatlarni elektron platformalar orqali sotuvchilarga soliqlarni oshirish taklif etildi. Bunda foyda solig‘i 7,5%dan 10%ga, aylanmadan olinadigan soliq 2%dan 3%ga oshiriladi. JSTning subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitimiga asosan tovar va xizmatlar eksportidan olinadigan daromadlar bo‘yicha foyda va aylanma soliq imtiyozlarini bekor qilish kutilmoqda. O’tgan yili bu imtiyozlar hajmi 1,13 trn so‘mni tashkil etgandi.

Shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan miqdordagi soliq stavkalarini 10%ga oshirish rejalashtirilib, faoliyat turi va joylashgan hududiga qarab minimal va maksimal stavkalar ham joriy etiladi.

Bundan tashqari, 2025-yildan jismoniy va yuridik shaxslarning turar va noturar ko‘chmas mulkiga solinadigan mol-mulk solig‘i 10%ga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining bazaviy stavkasi ham 10%ga indeksatsiya qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zRTXB” ning 40% aksiyalari O‘zbekiston Milliy fondiga o‘tkazildi
/
“O‘zRTXB” ning 40% aksiyalari O‘zbekiston Milliy fondiga o‘tkazildi
Toshkentda pulli avtoturargohlar 8-maydan foydalanishga topshiriladi
/
Toshkentda pulli avtoturargohlar 8-maydan foydalanishga topshiriladi
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik o‘sishdan keyin pasayib ketdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik o‘sishdan keyin pasayib ketdi