2025-yil oxirida ko‘chmas mulk bitimlari 24,5%ga ko‘paydi

Eng yuqori faollik Buxoro, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax va Xorazm viloyatlarida qayd etilgan

2025-yil oxirida ko‘chmas mulk bitimlari 24,5%ga ko‘paydi

2025-yil IV choragida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori sezilarli faollashdi. Markaziy bank tahliliga ko‘ra, uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni 89,7 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,5%ga oshgan.

Yil boshidan buyon jami ko‘chmas mulk oldi-sotdi tranzaksiyalari 319,5 mingga yetib, yillik o‘sish 15,8%ni tashkil etdi. Eng yuqori faollik Buxoro (25,6%), Sirdaryo (23,1%), Samarqand (19,2%), Jizzax (17%) va Xorazm (16,4%) viloyatlarida qayd etilgan.

Shu bilan birga, Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg‘onada o‘rtacha o‘sish 15,5% atrofida shakllangan. Mutaxassislar bu tendensiyani hududlarda infratuzilma rivojlanishi va aholi daromadlarining oshishi bilan izohlamoqda.

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollikni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan biri ipoteka kreditlari hajmining oshishi bo‘ldi. 2025-yilda ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 29%ga ko‘payib, 21,2 trln so‘mga yetdi. Shuningdek, ipoteka orqali tuzilgan bitimlar ulushi 22%ni tashkil etdi.

Qurilish sohasida ham o‘sish kuzatildi. Yil davomida foydalanishga topshirilgan uy-joylarning umumiy maydoni 15,9 mln kvadrat metrni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 7,2%ga oshgan. Bu borada Xorazm (36%), Surxondaryo (6,7%) va Farg‘ona (6,5%) viloyatlari yetakchilik qilgan.

Narxlar dinamikasida esa turli tendensiyalar kuzatildi. IV chorakda ko‘p qavatli uylar narxi dollar hisobida 5,7–7,9%ga oshgan bo‘lsa, so‘mda yillik o‘zgarish mos ravishda -1,3% va 0,7%ni tashkil etdi. Bu holat almashuv kursining mustahkamlanishi va narxlarning milliy valyutada barqarorlashuvi bilan izohlanadi.

Ijara bozorida ham ijobiy o‘sish saqlanib qoldi. Respublika bo‘yicha ijara narxlari yil yakunida dollar hisobida 8,3%ga oshdi. Toshkent shahrida esa ijara narxlari yil davomida barqaror o‘sishda davom etdi.

Yer uchastkalari segmentida esa narxlar pasaygan. Toshkent shahrida 100 kvadrat metr yer maydoni narxi dekabr oyida 319 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 9,4%ga arzonlashgan. Bu, asosan, shaharning chekka hududlarida taklif oshgani bilan izohlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Uzbektelekom” va “O‘zbekgidroenergo” kuzatuv kengashlariga xorijiy investorlar kiritildi
/
“Uzbektelekom” va “O‘zbekgidroenergo” kuzatuv kengashlariga xorijiy investorlar kiritildi
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi
Fevral oyida kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 1,1% punktga pasaydi — MB
/
Fevral oyida kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 1,1% punktga pasaydi — MB