Afg‘onistonning Kobul shahrida O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochildi

Tadbirkorlar 500 kvadrat metrlik omborxonada o‘z mahsulotlarini joylashtirishi mumkin

Afg‘onistonning Kobul shahrida O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochildi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.

Ushbu savdo uyi 570 kvadrat metr maydonda joylashgan shourum hamda 500 kvadrat metr maydonda mahsulotlarni saqlash uchun omborxonadan tashkil topgan.

Tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini qulay shartlar asosida joylashtirish imkoniga ega bo‘lib, mahalliy kompaniyalar bilan bevosita muzokaralar olib borishlari mumkin.

Bungacha mart oyi boshida Mozori Sharifda O‘zbekiston savdo uyi o‘z faoliyatini boshlagan edi.

U 220 kvadrat metr maydonni egallagan bo‘lib, elektr jihozlari, qurilish materiallari va dori-darmon mahsulotlarini saqlash hamda namoyish etishga mo‘ljallangan.

Savdo uyining ochilish marosimida Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ishtirok etdi. Shu bilan birga, u Afg‘oniston paxta tolasi, ip va shakar xarid qilish, shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari va shakar xomashyosini yetkazib berish masalalarini muhokama qilish uchun bir nechta mahalliy korxonalarga tashrif buyurdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
/
Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
/
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi