Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopildi

Shuningdek, qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartirildi

Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopildi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi qurilish-montaj ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 18-iyul 15:00 dan 21-iyul 06:00 gacha transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Gap KHAYning Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi haqida ketmoqda. Hokimiyat ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qildi.

Shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu hududda qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali harakat qiladi:

34-sonli avtobus Shifokorlar shaharchasi — Chilonzor metro bekati yo‘nalishida Beruniy ko‘chasi → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

64-sonli avtobus Paxtakor metro bekati — Birlik mavzesi yo‘nalishida Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

87-sonli avtobus Qora Qamish 2/4 mavzesi — Chilonzor 30-daha yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

116-sonli avtobus Shifokorlar shaharchasi — Chilonzor buyum bozori yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

131-sonli avtobus Olimpiya mehmonxonasi — Do‘stlik-2 mavzesi yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

147-sonli avtobus Chorsu savdo markazi ASHB — Chinni bozori yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

Ushbu avtobuslarning qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz qoladi.

avtobus yo‘nalishi, йўл yopiladi, кҳай

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
/
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
YTTB 2026-yil uchun O‘zbekiston YIM o‘sish prognozini 6,5% gacha oshirdi
/
YTTB 2026-yil uchun O‘zbekiston YIM o‘sish prognozini 6,5% gacha oshirdi
TOP-300 universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar uchun ta’lim krediti beriladi
/
TOP-300 universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar uchun ta’lim krediti beriladi