24.12.2025 | 21:10
O‘zbekistonliklar yangi yil arafasi ketma-ket 5 kun dam oladi
Prezident farmoniga muvofiq, ish haftasi 5-yanvardan boshlanadi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Prezident farmoniga muvofiq, Yangi yil bayrami munosabati bilan qo’shimcha dam olish kunlari bo’ladi. Xususan, 2025-yilda ish haftasi turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 31-dekabr (chorshanba) dam olish kuni etib belgilandi.
Shuningdek, 2026-yilda barcha xodimlar uchun 2-yanvar (juma) dam olish kuni bo‘ladi. Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 3-yanvar (shanba) ham qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.
Shu tariqa, yangi yil munosabati bilan quyidagi sanalarda rasman dam olish kuni bo‘ladi:
- 31-dekabr;
- 1-yanvar;
- 2-yanvar;
- 3-yanvar;
- 4-yanvar.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ