2027-yilga qadar O‘zbekiston o‘zini kartoshka bilan to‘liq ta’minlashni rejalashtirmoqda

Mamlakat kartoshka yetishtirishni rivojlantirish uchun 400 mlrd so‘m ajratadi

2027-yilga qadar O‘zbekiston o‘zini kartoshka bilan to‘liq ta’minlashni rejalashtirmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Joriy yilda qishloq xo‘jaligi fondidan kartoshkachilikni rivojlantirish uchun 400 mlrd so‘m ajratiladi. Shuningdek, import qilingan urug‘lik kartoshka uch yil davomida bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

2027-yildan boshlab mamlakat kartoshkaga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq ichki resurslar hisobidan qondirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga iqlimga mos, serhosil navlarni yaratish, “in-vitro” usulida yiliga 3 mln dona tuganaklar yetishtirib, tarqatish vazifasi qo‘yildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi