Markaziy bank kredit qarzlarini undirishda kartalarda 680 ming so‘m saqlanib qolishini taklif qilmoqda

Banklarga qarzdorning barcha karta hisobvaraqlaridagi mablag‘larni to‘liq yechib olishni taqiqlash taklif etilmoqda

Markaziy bank kredit qarzlarini undirishda kartalarda 680 ming so‘m saqlanib qolishini taklif qilmoqda

Markaziy bank kredit qarzdorligini undirishda mijozlarning bank kartalaridan mablag‘ yechib olishni cheklashni taklif qilmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan tijorat banklari faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga o‘zgartirishlar kiritish loyihasidan ma’lum bo‘ldi.

Hujjatga ko‘ra, kredit yoki kafillik shartnomasi bo‘yicha to‘lovlarni mijozning topshirig‘isiz uning barcha karta hisobvaraqlaridan undirishda bank ularda muayyan miqdordagi mablag‘ni saqlab qolishi kerak bo‘ladi.

Kamaytirilmaydigan qoldiq miqdorini mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yarmi darajasida belgilash taklif etilmoqda. Amaldagi 1,36 mln so‘mlik MHTEKM hisobga olinsa, bu 680 ming so‘mni tashkil etadi.

Shunday qilib, mijozning barcha karta hisobvaraqlaridan qarzdorlik undirilgan taqdirda ham bank mablag‘larni to‘liq yechib ololmaydi — operatsiyadan so‘ng hisobvaraqlarda belgilangan summa qolishi kerak.

Mazkur norma shartnomada majburiy rekvizitlari ko‘rsatilgan kartalarga, shuningdek, to‘lovlarni undirish uchun bankning mobil ilovasiga biriktirilgan kartalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Cheklovni joriy etish uchun Markaziy bank bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilmoqda.

Loyiha jamoatchilik muhokamasiga e’lon qilingan. Muhokama 14-sentabrgacha davom etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Parkent va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
/
Parkent va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
“Hududgazta’minot” ta’sischiligida suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi kompaniya tashkil etish taklif qilindi
/
“Hududgazta’minot” ta’sischiligida suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi kompaniya tashkil etish taklif qilindi