Ulug‘bek Tavakkalov “Kapitalbank” ning raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

U bunga qadar bankning kuzatuv kengashi raisi maslahatchisi sifatida ishlab kelgan

Ulug‘bek Tavakkalov “Kapitalbank” ning raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

2025-yil 4-fevral kuni “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi bankning Boshqaruv tarkibini kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bank Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimiga Ulug‘bek Tavakkalov tayinlandi. Bu haqda “Kapitalbank” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ulug‘bek Tavakkalov 2019-yilning oktyabr oyidan 2021-yil may oyiga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari, 2021-yil 20-maydan “Tenge Bank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari, 2024-yil aprel oyidan noyabr oyigacha  “Madad Invest bank” boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. Ayni paytda “Kapitalbank” Kuzatuv Kengashi raisi maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Tartibga ko‘ra, tayinlov, Markaziy bank xulosasiga asosan amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi