“Toshkent” Respublika fond birjasi “Kapital Sug’urta” imtiyozli aksiyalari savdosini to‘xtatdi

Qaror kotirovkalarning so‘nggi 10 ish kunida anomal o‘sishi sabab qabul qilindi

“Toshkent” Respublika fond birjasi “Kapital Sug’urta” imtiyozli aksiyalari savdosini to‘xtatdi

“Toshkent Respublika fond birjasi” boshqaruvi “Kapital Sug’urta” kompaniyasining imtiyozli aksiyalari bo‘yicha savdolarni to‘xtatdi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, sug‘urta kompaniyasining qimmatli qog‘ozlari bilan bitimlar 2-martdan boshlab to‘xtatiladi. Savdolar qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalarining 1687-bandiga muvofiq, so‘nggi o‘n ish kuni davomida kotirovkalarning anomal o‘sishi sababli to‘xtatilmoqda.

16–27-fevral kunlari oralig‘ida “Kapital Sug’urta” imtiyozli aksiyalari “Toshkent Respublika fond birjasi”ning Main Board savdo maydonchasida 257,14% dan ortiq qimmatlashgan.

Birja vaziyatni har tomonlama o‘rganish va narxlar o‘sishiga ta’sir qilgan omillarni tahlil qilishini ma’lum qildi. Aksiyalar bo‘yicha qo‘shimcha axborot “Toshkent Respublika fond birjasi”ning rasmiy kanallari orqali e’lon qilinadi.

Eslatib o’tamiz, 2024-yilda ILMA kompaniyaning litsenziyasini 10 kunga bekor qilgandi. Bu vaqtda agentlik “Kapital Sug’urta”ning moliyaviy hisobotlarida qonunbuzilish holatlarini aniqlab, 162 mln so‘m miqdorida jarimaga tortgan.

O’tgan yilning mart oyida esa Fitch Ratings agentligi “Kapital Sug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingini (IFS) “B” darajasidan “B-” darajasiga tushirgan. Qayd etilishicha, kompaniya biznes xavf profili yomonlashganini, bunga sabab u moliyaviy tavakkalchilik bilan bog‘liq mahsulotlarga ko‘proq e’tibor qaratib,  to‘lovga layoqatsizlik yoki bankrotlikdan himoya qiluvchi moliyaviy tavakkalchilik sug‘urtasi ulushi brutto mukofotlarda 60% ga, neto mukofotlarda esa 52% ga yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqqa safarlarni vaqtincha kechiktirish so‘radi
/
Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqqa safarlarni vaqtincha kechiktirish so‘radi
Jahon bozorida neft narxi $82 barrel darajasidan oshdi
/
Jahon bozorida neft narxi $82 barrel darajasidan oshdi
Energetika vazirligi gaz narxlari 1-martdan oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
Energetika vazirligi gaz narxlari 1-martdan oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi