O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 715 ming so‘m darajasida qayd etildi

2025-yilda bu miqdor 669 ming so‘m, 2024-yilda esa 648 ming so‘m etib belgilangandi

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 715 ming so‘m darajasida qayd etildi

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi sifatida qo‘llaniluvchi minimal iste’mol xarajatlari 2026-yil uchun 715 ming so‘m etib belgilandi.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil (yillik) inflyatsiyaning oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar boʻyicha narx indekslari asosida alohida indeksatsiya qilish natijasiga koʻra, 2026-yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga shunchani tashkil etdi.

Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan boʻlib, mazkur koʻrsatkichdan:

  • davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy koʻmaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
  • mamlakatning kambagʻallik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real isteʼmol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
  • kambagʻallikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
  • pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʻal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʻmaklarni koʻrsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

2025-yilda bu miqdor 669 ming so‘m, 2024-yilda esa 648 ming so‘m etib belgilangandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi
/
Farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi
O‘zbekistonga kirayotgan qoraytirilgan oynali xorijiy avtomobillar uchun yig‘im tartibi soddalashtirildi
/
O‘zbekistonga kirayotgan qoraytirilgan oynali xorijiy avtomobillar uchun yig‘im tartibi soddalashtirildi
Telegram Wallet’da AQSH kompaniyalari aksiyalarini sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi
/
Telegram Wallet’da AQSH kompaniyalari aksiyalarini sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi