Jizzaxda $581 mlnlik yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda

Xususan, “Yoshlar texnoparki” da yiliga 60 ming dona LED lampalar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

Jizzaxda $581 mlnlik yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda

Hukumat komissiyasi Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida hududda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari bilan tanishdi.

Sharof Rashidov tumanida Turkiyaning “CENGIZ ENERGI SAN” kompaniyasi tomonidan qiymati $500 mln bo‘lgan, quvvati 550 MVt bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi loyihasi ko‘zdan kechirildi. 9,54 gektar maydonda barpo etilayotgan mazkur obyekt ishga tushgach, yiliga 4 mln MVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish, 225 mlrd so‘mlik mahsulot yaratish hamda 30 ta ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan.

Zomin tumanida “GLOBAL STEELWORKS” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan $50 mlnlik metall profil mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ham muhokama qilindi. 10 gektar hududda bosqichma-bosqich qurilayotgan korxona to‘liq ishga tushgach, 240 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, $1 mln eksportni yo‘lga qo‘yish, 120 mlrd so‘mlik import o‘rnini bosish hamda 300 ta ish o‘rni yaratishi kutilmoqda.

Shuningdek, “Yoshlar texnoparki” hududida “MONO ELECTRICS LED” korxonasi tomonidan $31 mlnlik LED lampalar ishlab chiqarish loyihasi taqdim etildi. Loyiha doirasida yiliga 60 ming dona mahsulot ishlab chiqarish, 32 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish hajmiga erishish, $2 mln eksportni ta’minlash hamda 100 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda investorlarga renovatsiya loyihalarini tanlovsiz amalga oshirishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda investorlarga renovatsiya loyihalarini tanlovsiz amalga oshirishga ruxsat beriladi
Go‘sht importi uchun tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi
/
Go‘sht importi uchun tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi
Shuhratbek Qurbonov TBC Bank Uzbekistan’dagi lavozimini tark etdi
/
Shuhratbek Qurbonov TBC Bank Uzbekistan’dagi lavozimini tark etdi