AQSh 2026-yilgi JCh uchun chipta sotib olgan sayohatchilarga viza suhbati navbatida ustuvorlik beradi

Hukumat, bu tartib avtomatik ravishda turistik viza berilishi kafolatlamasligini ma'lum qildi

AQSh 2026-yilgi JCh uchun chipta sotib olgan sayohatchilarga viza suhbati navbatida ustuvorlik beradi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat elchixonalari 2026-yilgi Jahon chempionati uchun chipta olgan sayohatchilarga viza tayinlash jarayonida ustunlik berishini ma’lum qildi, deb yozmoqda BBC News.

FIFAning Ustuvor uchrashuvlarni rejalashtirish tizimi (Pass) Jahon chempionati chiptasi egalari uchun uzoq kutish vaqtini qisqartirish maqsadida FIFA bilan ustuvor suhbat o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi.

AQSh, Kanada va Meksikada kelasi yilning iyun va iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan turnirga chipta egalariga avtomatik ravishda turistik viza berilmaydi, — deya aniqlik kiritdi davlat kotibi Marko Rubio.

Ammo futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chipta olgan xorijliklar ariza topshirgandan keyin olti-sakkiz hafta ichida elchixona yoki konsullikda suhbatdan o‘tishlari mumkin.

Sizning chiptangiz viza emas, u AQShga kirishni kafolatlamaydi. Boshqalar uchun tekshiruv qanday o‘tkazilsa, shunday amalga oshiramiz. Bu holatdagi yagona farq shundaki, biz ularni navbatda yuqoriroq o‘ringa qo‘yamiz, — dedi Marko Rubio.

2026-yilgi erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati Shimoliy Amerika bo‘ylab Meksika va Kanada bilan birgalikda o‘tkaziladi, aksariyat o‘yinlar Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadi.

Oval kabinetda FIFA prezidenti Janni Infantino Tramp va Rubio bilan gaplashdi hamda AQShga Jahon chempionati o‘yinlarini tomosha qilish uchun 10 mlngacha mehmon kelishi mumkinligini aytdi.

Ushbu FIFA Pass orqali biz chipta sotib olganlar, ya’ni haqiqiy futbol muxlislari yoki ishqibozlari viza olishdan boshlab eng yaxshi sharoitlarda kelib, Jahon chempionatiga tashrif buyurishlariga ishonch hosil qilishimiz mumkin, — dedi u.

Terma jamoalari kelasi yilgi turnirga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ba’zi mamlakatlar fuqarolari hozirda viza olish uchun uzoq kutishlarga ro‘baro‘ kelmoqda.

Kolumbiyada AQSh vizasini olish uchun ariza topshirgan sayyohlar hozirda suhbatga yozilish uchun taxminan 11 oy kutmoqda, deb xabar bermoqda AQSh Davlat departamenti.

Mexiko shahrida o‘rtacha kutish vaqti to‘qqiz yarim oyni tashkil qiladi, Torontoda yashovchi Kanada fuqarosi bo‘lmaganlar esa vizasini 14 oy kutishlari mumkin.

Agar bu kutish muddatlari saqlanib qolsa, Jahon chempionati allaqachon o‘tib ketgan bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minov Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi
/
O‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minov Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi
“G‘ishtko‘prik” chegara postida avtomobillar uchun “yashil” va “qizil” yo‘laklar joriy etiladi
/
“G‘ishtko‘prik” chegara postida avtomobillar uchun “yashil” va “qizil” yo‘laklar joriy etiladi
O‘zbekistonda elektr energiyasiga talab yiliga 6% ga oshmoqda
/
O‘zbekistonda elektr energiyasiga talab yiliga 6% ga oshmoqda