O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari tizimi 1-maydan kuchga kirmaydi
DYHXX ma’lum qilishicha, hozirgi kunda hujjat ustida ish olib borilmoqda

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilarning qoidabuzarliklari uchun belgilanadigan jarima ballari 1-maydan boshlab kuchga kirishi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, jarima ballarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda.
Shu bois, tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng, yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun beriladigan jarima ballarining hisoblanish muddati va tartibi aniq belgilanadi.
Avvalroq Kapital.uz O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari tizimi joriy etigani haqida xabar bergandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ